Saudiya Arabistoni mezbonlik qilgan veloshosse bo’yicha Osiyo chempionati doirasida bir qator nufuzli tadbirlar bo’lib o’tdi
Kongress davomida qit’amizda velosportni rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: velosport Uzbekistan
Saudiya Arabistoni mezbonlik qilgan veloshosse bo’yicha Osiyo chempionati doirasida bir qator nufuzli tadbirlar bo’lib o’tdi.
Xususan, Ar-Riyodda Osiyo velosport konfederatsiyasining navbatdagi 33-Kongress yig’ilishi o’tkazildi. Unda UCI prezidenti Devid Lapartient, Osiyo velosport konfederatsiyasi prezidenti Dato’ Amarjit Singh, Osiyo velosport konfederatsiyasi bosh kotibi Kozim O’rinboyxo’jayev hamda kongressga a’zo barcha delegatlar ishtirok etishdi.
Kongress davomida qit’amizda velosportni rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, Osiyoda mazkur sport turini yanada ommalashtirish, bu bo’yicha yangi strategiyalarni amalda qo’llash bo’yicha fikrlar bildirildi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor