locale OZ

Sarvar Ismoilov Osiyo chempionatida gʻalaba qozondi

Janubiy Koreyaning Mokpo shahrida yengil atletikaning uloqtirish turlari boʻyicha Osiyo chempionati oʻtkazildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Sarvar Ismoilov Osiyo chempionatida gʻalaba qozondi
photo: Google

Yengil atletikachimiz Sarvar Ismoilov Osiyo chempionatida gʻalaba qozondi.

Janubiy Koreyaning Mokpo shahrida yengil atletikaning uloqtirish turlari boʻyicha Osiyo chempionati oʻtkazildi. Unda qatnashgan Oʻzbekiston terma jamoasi 1 tadan oltin va kumush medallarga sazovor boʻldi.

Oltin medalni nayza uloqtirish dasturida Sarvar Ismoilov keltirdi. Yurtdoshimiz musobaqada 77.39 metr natija qayd etdi. Shu bilan birga, Ismoilov oʻzining shaxsiy rekordini ham yangiladi.

Qolaversa, bosqon uloqtirish sektorida Ayubxon Fayozov 71.33 metr bilan kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting