Sarukyan: «Menga titul jangini bering, endi «aqlli yigit» bo‘laman»
UFC yengil vazn toifasi (70 kg gacha) reytingida ikkinchi o‘rinni egallab turgan rossiyalik jangchi Arman Sarukyan promoushen rahbariyatidan chempionlik kamari uchun jang talab qilmoqda.
Sarukyan sobiq chempion Daniel Kormyening YouTube-kanaliga bergan intervyusida o‘zining tartibsiz xatti-harakatlari uchun uzr so‘rab, bor e’tiborini sportga qaratishga va’da berdi:
«Dana Uayt va Xanter Kempbell, meni kechiringlar. Menga titul jangini bering. Men endi «yaxshi yigit» bo‘laman. Boshqa hech kimga qo‘l ko‘tarmayman, o‘zimni namunali tutishga harakat qilaman. To‘g‘ri, mashg‘ulot yig‘inlarida har xil vaziyat bo‘lishi, kimdir jarohat olishi mumkin. Ammo vazn tashlay olmaslik, muxlislar bilan mushtlashish yoki bosh bilan zarba berish — bularning hammasi o‘tmishda qoldi», — deya ta’kidladi jangchi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq UFC sobiq chempioni Robert Uittaker Sarukyan hamda Peddi Pimblett o‘rtasida jang tashkil qilish g‘oyasini ilgari surgan edi.