Sanjar Zokirovga chempionlik jangi taklif qilindi
O‘zbekistonlik fayter ONE Championship kamar uchun Yuya Vakamatsuga qarshi jang qilishi mumkin
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz
O‘zbekistonlik aralash jang san'ati ustasi Sanjar Zokirov keyingi jangini ONE Championship kamar uchun o‘tkazishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, u o‘ta engil vazn toifasidagi amaldagi chempion — yaponiyalik Yuya Vakamatsuga qarshi oktagonga chiqishi kutilmoqda. Jang sanasi va joyi hozircha e'lon qilinmagan. Hozirgi paytda Zokirov ushbu vazn toifasida ONE Championship reytingida uchinchi o‘rinda bormoqda.
Ma'lumot uchun, 22 yoshli Sanjar Zokirov professional faoliyati davomida 13 ta jang o‘tkazgan va barchasini g‘alaba bilan yakunlagan. Uning raqibi — 30 yoshli Yuya Vakamatsu esa 19 g‘alaba va 6 mag‘lubiyatga ega.
Bakradze Iman
Redaktor