Sambochilarimiz Jahon chempionatini 10 ta medal bilan yakunlashdi
7-9 noyabr kunlari Qirg‘iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Yilning eng muhim startida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etishdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 8 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Jahon chempionatida sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik sambochilar ro‘yxati bilan tanishing:
Kumush:
-59 kg: Ibodatxon Agojonova
-72 kg: Gulina Obloqulova
+98 kg: Asror Hamidov
-65 kg: Shahzoda Azatova (jangovar sambo)
-64 kg: Oybek Soliyev (jangovar sambo)
-88 kg: Sohibjon Hasanboyev (jangovar sambo)
+98 kg: Islom Nosirov (jangovar sambo)
-64 kg: Diyorbek Maydonov (parasambo)
Bronza:
-59 kg: Xurshida Abduvohidova (jangovar sambo)
-72 kg: Madinabonu Salohiddinova (jangovar sambo)