Sambo. Osiyo-Okeaniya chempionatini medallar shodasi bilan yakunladik
Bu haqda Sambo assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Самбо ассоциацияси
25-28 iyun kunlari Filippin poytaxti Manila shahrida sambo bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida Osiyo-Okeaniya chempionati bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada mintaqaning eng sara sambotchilari sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishdi.
Bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi sambotchilari ham ishtirok etishdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi natijalari quyidagicha bo‘ldi:
Kattalar: 6 ta oltin, 1 ta kumush
Yoshlar: 1 ta oltin, 3 ta kumush, 6 ta bronza
O‘smirlar: 4 ta oltin, 2 ta kumush, 5 ta bronza.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist