Sambo. Jahon chempionatining ikkinchi kunida 5 ta medal qo‘lga kiritildi
Bugun musobaqa doirasida kadetlar o‘rtasidagi bahslar o‘tkaziladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Самбо федерацияси
Gretsiyaning Saloniki shahrida sambo bo‘yicha yoshlar, o‘smirlar va kadetlar o‘rtasida Jahon chempionati o‘tkazilmoqda.
Kecha musobaqa doirasida yoshlar o‘rtasida bellashuvlar tashkil etildi. Kun yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallariga ega chiqishdi.
Sovrindorlarimiz bilan tanishing:
Oltin:
Islom Abduzokirov
Kumush:
Ozodbek Atoyev
Bronza:
Asadbek Matyoqubov
Baxtjan Mamutov (jangovar sambo)
Diyor Mo‘minov (jangovar sambo).
Bugun musobaqa doirasida kadetlar o‘rtasidagi bahslar o‘tkaziladi.