Sambo. Jahon chempionati startiga 250 kun qoldi
Jahon chempionati startiga 250 kun qoldi!
Bugun yubiley — 50-jahon chempionatiga bag‘ishlangan sambo bo‘yicha Jahon chempionatining ochilish marosimiga roppa-rosa 250 kun qoldi!
Bu turnir alohida ahamiyatga ega bo‘lishi kutilmoqda. 2026 yil 6–8 noyabr kunlari dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biri — Samarqand (O‘zbekiston) butun sayyoramizdan keladigan sportchilar va muxlislarni qabul qiladi. Har bir toshi tarix bilan sug‘orilgan bu shahar jahon sambosi tarixida yangi sahifa yaratish uchun ideal maydonga aylanadi.
Bizlarni medallar uchun shiddatli va qiziqarli bellashuvlarga boy uch kun kutmoqda:
Sport sambosi (erkaklar va ayollar)
Jangovor sambo (erkaklar va ayollar)
Ko‘zi ojizlar o‘rtasida sambo (erkaklar va ayollar)
50-chempionat. 250 kun kutish. Afsonaviy arena.