locale OZ

Samarqandlik og‘ir atletikachilar xalqaro turnirda ishtirok etadi

Joriy yilning 5–6-iyun kunlari Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida taniqli sport arbobi Sangov Dadaxon xotirasiga bag‘ishlangan og‘ir atletika bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Samarqandlik og‘ir atletikachilar xalqaro turnirda ishtirok etadi
photo: Og'ir atletika

Samarqandlik og‘ir atletikachilar xalqaro turnirda ishtirok etadi

Joriy yilning 5–6-iyun kunlari Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida taniqli sport arbobi Sangov Dadaxon xotirasiga bag‘ishlangan og‘ir atletika bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi.

Mazkur nufuzli musobaqada Samarqand viloyati terma jamoasi sportchilari ham ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilish uchun bahslarga kirishadi. Bugun musobaqada qatnashadigan delegatsiyamiz Dushanbe shahriga jo‘nab ketdi.

Musobaqada ishtirok etadigan sportchilar:

-55 kg — Faxriddin Esergapov
-61 kg — Elnur Qurbonov
-67 kg — Sanjar Abdurashidov
-89 kg — Shaxboz Azizov
-89 kg — Otabek Shukurullayev
-96 kg — Shohjahon Omonov
-96 kg — Ma’murjon Bekmuradov
-102 kg — Behruz Bozorov
-109 kg — Navro‘z Narzullayev

Murabbiylar:

Akobir Usmonov
Shokir Asadov

Sportchilarimizga xalqaro maydonda omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting