locale OZ

Samarqandda tarixiy FIDE saylovi yaqinlashmoqda

Saylov FIDE Bosh Assambleyasi yig‘ilishi davomida 26–27-sentabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Samarqandda tarixiy FIDE saylovi yaqinlashmoqda
photo: Chess Uzbekistan

2026-yil sentabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon shaxmat olimpiadasi doirasida FIDE (Xalqaro shaxmat federatsiyasi) prezidentini saylash bo‘yicha navbatdagi saylovlar bo‘lib o‘tadi. Saylov FIDE Bosh Assambleyasi yig‘ilishi davomida 26–27-sentabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Prezidentlik uchun kurashayotgan nomzodlar:

Arkadiy Dvorkovich – amaldagi FIDE prezidenti, 2018-yildan beri tashkilotga rahbarlik qilib kelmoqda va yana navbatdagi muddatga nomzodini qo‘ygan.

Yan Buettner – Germaniyalik tadbirkor bo‘lib, Freestyle Chess (Chess960)ni dunyo miqyosida rivojlantirayotgan, Weissenhaus’dagi Freestyle Chess Grand Slam va G.O.A.T. Challenge kabi yirik turnirlar ortida turgan asosiy tashkilotchilardan biri;

Vadim Rosenstein – WR Chess seriyasi va Peru chess marafoni kabi yirik loyihalar ortida turgan nemis tadbirkori;

Bu saylovda barcha FIDEga a’zo federatsiyalar ovoz berish huquqiga ega.

Sizningcha, FIDE rahbarligiga qaysi nomzod mos? Izohlarda fikringizni yozib qoldiring

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting