Samarqandda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari amaliy imtihon topshirmoqda
Jarayonlarga viloyat komissiyasi tarkibidagi mutaxassislar jalb etilgan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Samarqand viloyatidagi sport maktablarida Sport vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining “Jismoniy tarbiya” fani o‘qituvchilari uchun ikkinchi bosqich amaliy imtihonlar o‘tkazilmoqda.
Kattaqo‘rg‘on shahridagi sport maktabida tashkil etilayotgan imtihonlarda ham o‘qituvchilarning amaliy ko‘nikmalari, kasbiy mahorati va pedagogik yondashuvi baholanmoqda.
Jarayonlarga viloyat komissiyasi tarkibidagi mutaxassislar jalb etilgan bo‘lib, baholash mezonlari raqamlashgan va shaffof tizim asosida amalga oshirilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist