Samarqand tumanida yangi sport maydonchasi foydalanishga topshirildi
34 yillik mustaqillik bayrami arafasida barpo etilgan inshoot yoshlarni sportga keng jalb etishga xizmat qiladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram
Mustaqilligimiz 34 yilligi bayrami oldidan Samarqand tumanining Ravanak mahallasidagi 54-umumta'lim maktabi hududida zamonaviy sport maydonchasi ochildi. Tantanali marosimda tuman hokimi S. Usmonov, tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig‘i Sh. Abulxayrov, viloyat faxriylar kengashi raisi H. Tolibov hamda sport sohasi va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Ta'kidlanishicha, bunday maydonchalar aholi, ayniqsa yoshlar uchun sport bilan muntazam shug‘ullanish imkoniyatlarini yaratib, mahallalarda sport infratuzilmasini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bakradze Iman
Redaktor