Saken Polatov Asian Boxing vitse-prezidenti etib saylandi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: MOQ
Saken Polatov Asian Boxing vitse-prezidenti etib saylandi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
«Tailandda o‘tayotgan boks bo‘yicha U-19 va U-22 yosh toifalaridagi Osiyo chempionati doirasida Asian Boxing tashkilotining Kongressi bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjumanda tashkilot rahbariyati tarkibi shakllantirib olindi.
Quvonarlisi, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisi birinchi o‘rinbosari Saken Polatov Asian Boxing tashkilotining vitse-prezidenti lavozimiga saylandi.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Saken Jetibayevichni ushbu nufuzli lavozimga saylanganligi bilan tabriklaydi hamda mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyat va kuch-g‘ayrat tilaydi», — deyiladi xabarda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist