“Saber” jamoasi dzyudo bo‘yicha nufuzli “Ayollar ligasi”da debyut qiladi
O‘zbekistonning eng kuchli dzyudochilari Sankt-Peterburgda klub sovrini uchun kurashga kirishadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram
17 avgust kuni Sankt-Peterburg shahrida dzyudo bo‘yicha nufuzli “Ayollar ligasi” musobaqasi start oladi. Unda MDH va Osiyoning eng kuchli 12 klubi to‘rtta guruhga bo‘lingan holda bahs olib boradi.
Tarixda ilk bor musobaqada “Saber” jamoasi ishtirok etadi. U O‘zbekistonning eng iqtidorli dzyudochilaridan tuzilgan bo‘lib, mamlakat sharafini himoya qilish va katta g‘alabalarga da’vogar ekanini isbotlash niyatida.
Jamoa tarkibi:
-52 kg: Muxayyo Ahmatova
-52 kg: Fotima Tursunboeva
-57 kg: Shukurjon Aminova
-63 kg: Sarvinoz Xusanova
-70 kg: Xurshida Razzokberdiyeva
+70 kg: Iriskhon Qurbanboeva
+70 kg: Mohlaroyim Tuxtamisheva
Murabbiylar: Andrey Shturbabin, Qahramon Nurillaev

Bakradze Iman
Redaktor