Ruziboyevning UFC 319 dagi jangini bekor qilishdi
Amerikalik Bryan Battle vazn me'yorini bajara olmagani uchun bellashuv amalga oshmadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz
17 avgust kuni Chikagoda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan UFC 319 turnirida Nursulton Ruziboyev oktagonga chiqishi rejalashtirilgan edi. Ammo uning raqibi, amerikalik Bryan Battle, o‘rta vazn me’yorini bajara olmadi. Shu sababli UFC jangni bekor qilish qarorini qabul qildi.
Avvalroq Battle vazn normasini buzgani uchun gonorarining 30 foizidan mahrum bo‘lishi haqida xabar berilgandi. Biroq oxir-oqibat ushbu to‘qnashuv umuman o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.
Bakradze Iman
Redaktor