Ro‘ziqul Berdiyev: «Surxon» jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman»
“Nasaf" 4-turda mag'lub bo'ldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Насаф ПФК
Superliga 4-turidan o‘rin olgan “Nasaf” 0:1 “Surxon” uchrashuvidan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi.
“Surxon” jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun ularning o‘yinga tuzgan rejasi amalga oshdi. Raqib jamoa yaxshi himoyalandi va jips harakat qildi. Qarshi hujumlarda o‘z imkoniyatlaridan foydalandi hamda uchrashuv yakunida maqsadiga erishdi.
Bizning asosiy muammomiz bugun hujumlarda yetarlicha faol bo‘lmaganimiz bo‘ldi”, — deyiladi klub xabarida.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist