locale OZ

Ronaldu va Jokovich Lissabonda uchrashishdi

Sportchilar o‘z dastxatlari tushirilgan futbolkalarni almashtirishdi va bir-birlariga qisqa xabarlar yozishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldu va Jokovich Lissabonda uchrashishdi
ФОТО: Getty images

"Katta dubulg‘a"ning 24 karra g‘olibi, dunyoning beshinchi raqamli tennischisi serbiyalik Novak Jokovich va Portugaliyaning "Al Nasr" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliyaning Lissabon shahridagi tennis klubida uchrashishdi.

Sportchilar o‘z dastxatlari tushirilgan futbolkalarni almashtirishdi va bir-birlariga qisqa xabarlar yozishdi.

Joriy mavsumda Novak Jokovich “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi to‘rtta turnirning barchasida yarim finalga chiqdi. U Shveytsariyaning Jeneva shahrida o‘tkazilgan ATP-250 kort turnirida g‘olib chiqdi va o‘zining 100-professional chempionligini qo‘lga kiritdi.

Bir necha kun oldin Krishtianu Ronaldu klub faoliyatidagi 800-golini urdi. Besh karra “Oltin to‘p” sohibi “Real” safida 450, “Manchester Yunayted” uchun 145, “Yuventus” uchun 101, “Al-Nassr” uchun 99 va “Sporting” uchun 5 ta gol urgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting