Regbi. O‘zbekiston terma jamoasi Asia Rugby Emirates Men’s Sevens Series – China 7s musobaqasida ishtirok etdi
2025-yil 20–21 sentabr kunlari Xitoyda Asia Rugby Emirates 7s Series bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham qatnashdi. Turnirda mintaqaning eng kuchli jamoalari to‘plandi va bizning jamoa musobaqani 9-o‘rinda yakunladi.
O‘yin natijalari
20 sentabr
• Gonkong – O‘zbekiston: 34–0
• Malayziya – O‘zbekiston: 21–12
Uruvchilar: Mahmud Kalandarov, Sunnat Muhametdinovov
Realizatsiya: Sergey Sokolov
• BAA – O‘zbekiston: 29–5
Uruvchi: Azizxon Nurillayev
21 sentabr
• Filippin – O‘zbekiston: 14–15
Uruvchilar: Azizxon Nurillayev, Murodjon Matchonov, Sanjarbek Baxtiyorov
• Singapur – O‘zbekiston: 5–24
Uruvchilar: Azizxon Nurullayev (2), Sobirjon Xoliqulov, Ilya Sokolov
Realizatsiya: Asadbek Ollanazarov
Musobaqaning so‘nggi kunida O‘zbekiston terma jamoasi Filippin va Singapur ustidan g‘alaba qozonib, umumiy hisobda 9-o‘rinni egalladi.