Regbi. Jizzaxda U13 viloyat kubogi yakunlandi
Turnir Sharof Rashidov tumanida o'tkazildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: regbi Uzbekistan
Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida regbi-7 sport turi bo‘yicha kichik o‘smirlar (U-13) o‘rtasida viloyat kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Natijalar quyidagicha:
O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
Oltin. Arnasoy tumani
Kumush. Baxmal tumani
Bronza. G‘allaorol tumani 1-sonli sport maktabi
Qiz bolalar o‘rtasida:
Oltin. Arnasoy tumani
Kumush. Baxmal tumani
Bronza. Jizzax viloyati o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi jamoasi
Musobaqa yakunida iqtidorli sportchilar viloyat terma jamoasi tarkibiga saralandi va endi ular Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tadigan Respublika kubogi bosqichida ishtirok etadilar.
Ibrohim Jalolov
Redaktor