Ravshan Ermatov «Bobur» futzal jamoasi bilan uchrashdi
Ular Birinchi liga ishtirokchi hisoblanadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Ўзбекистон футзали
O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov futzal Birinchi liga ishtirokchisi bo‘lgan “Bobur” jamoasi bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida jamoaning bugungi faoliyati, rivojlanish yo‘nalishlari hamda kelajakdagi maqsadlari haqida fikr almashildi. Shuningdek, jamoaga kelgusi musobaqalarda omad tilandi.
Shundan so‘ng Ravshan Ermatov Andijon futbol assotsiatsiyasi binosiga tashrif buyurib, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida futbol tizimini raqamlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist