locale OZ

Rasmiylar Olimpiya shaharchasidagi qurilish ishlarini koʻzdan kechirishdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasmiylar Olimpiya shaharchasidagi qurilish ishlarini koʻzdan kechirishdi
FОТО: Olympic.uz

Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitalari rahbariyati poytaxtimizda barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurib, qurilish jarayonining bugungi holati bilan tanishdi.

Tashrif chogʻida rasmiylar inshootlarni zamonaviy inventarlar bilan jihozlash, muqobil energiya manbalari va sifatli qurilish materiallaridan foydalanish muhimligini taʼkidlashdi.

Loyihani amalga oshirayotgan Xitoyning “CAMC Engineering” kompaniyasi qurilish ishlari bir maromda olib borilayotganini, qoplamalar xalqaro ekspertlar tavsiyalari asosida oʻrnatilayotganini maʼlum qildi.

Olimpiya shaharchasi kelgusida oʻzbek sporti uchun ilmiy-amaliy mashgʻulotlar markaziga aylanib, uning rivojini yangi bosqichga olib chiqishda yagona klaster boʻlib xizmat qiladi. Mutasaddilar tashrif davomida ish samaradorligini oshirish, qurilish ishlarini oʻz vaqtida va sifatli tarzda yakunlash boʻyicha fikrlarini bildirishdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting