Rasmiy: UFC tarixida ilk bor Oq uyda turnir o'tkaziladi
UFC 2026 yil 4 iyul kuni AQSh mustaqilligining 250 yilligiga bag'ishlab Oq uy hududida tarixiy turnir o'tkazadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: allboxing
UFC prezidenti Dana Uayt poytaxt Vashingtondagi Oq uy hududida turnir tashkil etilishini ma'lum qildi. CBS Mornings dasturida chiqish qilgan Uaytning aytishicha, musobaqa 2026 yil 4 iyul kuni, Amerika Qo'shma Shtatlari mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan o'tkaziladi.
“Bu albatta sodir bo'ladi”, — dedi Dana Uayt. Uning so'zlariga ko'ra, ushbu g'oya AQSh prezidenti Donald Tramp bilan muhokama qilingan va hozirda faqat texnik masalalarni ma'muriyat bilan kelishish qolgan.
Oq uyda tashkil etiladigan UFC tarixidagi ilk turnirda qaysi jangchilar ishtirok etishi hozircha ochiqlanmagan.
Bakradze Iman
Redaktor