locale OZ

Rasman: Lasha Gudjedjiani bilan to‘rt yillik shartnoma imzolandi

Gruziyalik tajribali mutaxassis Lasha Gudjedjiani rasman dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Lasha Gudjedjiani bilan to‘rt yillik shartnoma imzolandi
photo: Dzyudo Uzbekistan

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov va Lasha Gudjedjiani kelishuv shartnomasiga imzo chekishdi. Shveysariyada o‘tgan Lausanne Grand Slam 2026 turniri Lasha Gudjedjiani uchun terma jamoamiz boshqaruvidagi ilk musobaqa bo‘lgan edi. Lozanna turnirida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan dunyoning 77 davlati orasida Top-6'talikdan joy olgandi.

Shuningdek, Yaponiya davlati mezbonlik qilgan XX Osiyo o‘yinlarida terma jamoamiz 2 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida mezbonlardan so‘ng ikkinchi o‘rinni band etdi.

Ma’lumot uchun, Lasha Gudjedjiani O‘zbekistonga kelguniga qadar besh yil davomida Gruziya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lgan. Uning qo‘l ostida Gruziya Tokio-2020 Olimpiadasida 1 ta oltin, 3 ta kumush, Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida esa 1 ta oltin, 2 ta kumush medal qo‘lga kiritgan. 2025 yilda esa uning qo‘l ostidagi Gruziya jahon chempionatining jamoaviy bahslarida chempion bo‘lib, tarixiy natija qayd etdi. Lashaning o‘zi sportchilik davrida ikki bor jahon chempionati sovrindori bo‘lgan.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi Lasha Gudjedjianiga omad va zafar tilaydi. O‘ylaymizki, yangi murabbiy qo‘l ostida terma jamoamiz oldindagi nufuzli musobaqalar, xususan Los-Anjeles-2028 Olimpiadasida tarixiy natijalarga erishadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting