Rasman: Jorj Kambosos va Richardson Xitchins IBF chempionlik kamari uchun jang qiladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Jorj Kambosos va Richardson Xitchins IBF chempionlik kamari uchun jang qiladi
Superengil vazn toifasida jahon chempionligi uchun jang tasdiqlandi. 14-iyun kuni Nyu-Yorkdagi mashhur Madison Square Garden arenasi ringida IBF kamarining sohibi Richardson Xitchins o‘z unvonini ilk bor himoya qiladi. Uning raqibi — engil vaznda sobiq mutlaq chempion, avstraliyalik Jorj Kambosos bo‘ladi.
Kambosos 22-mart kuni Jeyk Uillini mag‘lub etganidan so‘ng Xitchinsni jangga chorlagan edi. Xitchins esa 2024-yil 7-dekabrda Liam Paroni ochkolar hisobida yengib, chempionga aylangan.
Ushbu jang Kambosos uchun ikkinchi vazn toifasida elita safiga qaytish imkoniyati. Xitchins esa mag‘lubiyatsiz seriyasini saqlab qolish va divizion yetakchisi sifatida mavqeyini mustahkamlashni istaydi.
Bakradze Iman
Redaktor