Qozog'istonning Chimkent shahrida o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida qilichbozlik bo'yicha xalqaro turnir bo'lib o'tdi
S. Begdullaev, I. Tleumuratov va P. Mavlenbergenova ushbu musobaqada O'zbekiston terma jamoasi safida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: qilichbozlik Uzbekistan
Joriy yilning 11-13 may kunlari Qozog'istonning Chimkent shahrida o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida qilichbozlik bo'yicha xalqaro turnir bo'lib o'tdi.
S. Begdullaev, I. Tleumuratov va P. Mavlenbergenova ushbu musobaqada O'zbekiston terma jamoasi safida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Yuqori darajadagi tayyorgarlik va g'alaba qozonishga bo'lgan kuchli irodani namoyish etgan o'zbekistonlik sportchilar shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ishonch bilan ko'tarilishdi va oltin medallarni qo'lga kiritishdi.
Barcha g'oliblar va ularning murabbiylarini tabriklaymiz. Ularga keyingi muvaffaqiyatlar, ajoyib g'alabalar va yangi yutuqlar tilaymiz!
Ibrohim Jalolov
Redaktor