locale OZ

Qozog‘iston 2027 yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Qatarda bo‘lib o‘tgan Xalqaro stol tennisi federatsiyasi (ITTF)ning navbatdagi Bosh assambleyasida 2027 yilgi Jahon chempionati mezboni aniqlandi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, dunyo birinchiligini o‘tkazish huquqi Qozog‘istonning Ostona shahriga berildi. Qozog‘iston ushbu huquqni Fransiya va AQSh kabi kuchli raqiblardan ustun kelib, qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, tarixda ilk bor stol tennisi bo‘yicha Jahon chempionati Qozog‘istonda tashkil etiladi.

ITTF tomonidan tasdiqlangan bo‘lajak chempionatlar taqvimi:
2027 — Ostona, Qozog‘iston
2028 — Fukuoka, Yaponiya
2029 — Rio-de-Janeyro, Braziliya

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting