Qiziq rekordlar. Mixal Mazurkyevich shaxmat bo’yicha Ginnes rekordini o’rnatdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PHOTO: Telegram
Dunyo bo’ylab sportchilar tomonidan turli xil noodatiy rekordlar o’rnatilib kelinadi. Qiziqarli rekordlar rukni orqali eng qiziqarlilarini e’tiboringizga havola qilib boramiz.
Shaxatchi Mixal Mazurkyevich suv ostida 16 nafar raqibga qarshi bir vaqtning o‘zida shaxmat o‘ynab Ginnes rekordini o‘rnatdi!
O’yinlar suv ostida mahsus o’rnatilgan magnitli taxtalarda bo’lib o’tdi. 34 yoshli sportchi 100 daqiqa davom etgan hovuz tubidagi sinovda 13.5 ochko to’pladi va atigi bir partiya mag’lub bo’ldi.
Mazurkyevich bu safar 20 nafar raqibga qarshi o’ynab navbatdagi rekordni o’rnatishni rejalashtiryapti.
Ibrohim Jalolov
Redaktor