Qilichbozlik. Xalqaro turnirni O'zbekiston milliy jamoasi sportchilari medallar bilan boshlashdi
Toshkent shahrida qilichbozlik bo‘yicha Osiyo Kadet Kubogi bo‘lib o‘tmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: qilichbozlik
Toshkentda Osiyo Kadet Kubogi ilk g‘oliblari aniqlandi!
2025-yil 9–13 sentyabr kunlari Toshkent shahrida qilichbozlik bo‘yicha Osiyo Kadet Kubogi bo‘lib o‘tmoqda. Nufuzli musobaqada
11 mamlakatdan 207 nafar yosh sportchi ishtirok etmoqda.
Turnir sablya, rapira va shpaqa qurollarida o‘tkazilmoqda.
Bugun musobaqaning ilk kunida sablya qurolida qizlar, hamda rapirada yigitlar o‘rtasida yakkalik bahslari bo‘lib o‘tdi.
Qizlar (sablya):
1. Salima Ruziyeva – O‘zbekiston
2. Bibiaisha Xusanboeva – O‘zbekiston
3. Nailya Isxakova – Qozog‘iston
4. Perizat Mauinbergenova – O‘zbekiston
Yigitlar (rapira):
1. Ali Albusaidi – Ummon
2. Cheong Pak Kio – Makao
3. Tokanov Yevgeniy – Qozog‘iston
4. Yesteu Mansur – Qozog‘iston
Ibrohim Jalolov
Redaktor