locale OZ

Qilichbozlik. U-20 O‘zbekiston Kubogi: Rapira yo‘nalishida eng kuchlilar aniqlandi!

Sportchilar va murabbiylar uchun yaratilgan sharoit, musobaqa jarayonining professional o‘tishi barchaning e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qilichbozlik. U-20 O‘zbekiston Kubogi: Rapira yo‘nalishida eng kuchlilar aniqlandi!
photo: qilichbozlik Uzbekistan

Bugun, g‘alaba ruhi jo‘shgan U-20 O‘zbekiston Kubogida rapira yo‘nalishida yosh mahorat egalari final pallasiga yetib keldi. Bellashuvlar shiddatli, hissiyotlar esa har qachongidan kuchli bo‘ldi!

Alohida ta’kidlash joizki, musobaqalar Qoraqalpog‘iston qilichbozlik bo‘limi tomonidan yuqori saviyada, puxta tashkillashtirildi. Sportchilar va murabbiylar uchun yaratilgan sharoit, musobaqa jarayonining professional o‘tishi barchaning e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Yigitlar orasida g‘olib va sovrindorlar:

1 A’zamat Muhamedov — Toshkent
2 Serdar Pulatov — Toshkent
3 Akmal Ibragimov — Toshkent
3 Jamoliddin Maripjonov — Farg‘ona OPSTTM (Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi)

Qizlar o‘rtasida eng yaxshi natijalar:

1 Asal Karimova — Toshkent
2 Durdona Madaminjonova — FOPSTTM
3 Shahruza Muxitdinova — Toshkent
3 Shabnam Normamatova — Toshkent

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting