Qilichbozlik. Toshkentda qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha o’smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Jahon Kubogi yakunlandi
Bahslar yuqori sport ruhi, kuchli raqobat va yosh qilichbozlarning mahorati bilan ajralib turdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: qilichbozlik Uzbekistan
Toshkent shahrida o‘tkazilgan sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon Kubogi musobaqasining jamoaviy bahslari bugun o‘z nihoyasiga yetdi. Bahslar yuqori sport ruhi, kuchli raqobat va yosh qilichbozlarning mahorati bilan ajralib turdi.
Ayol-qizlar jamoaviy bahslari natijalari:
1-o‘rin — AIN (FIE bayrog‘i ostida neytral maqomda ishtirok etgan sportchilar)
2-o‘rin — Qozog‘iston (KAZ)
3-o‘rin — Ruminiya (ROU)
Erkaklar jamoaviy bahslari natijalari:
1-o‘rin — Vengriya
2-o‘rin — Qozog‘iston
3-o‘rin — Turkiya
Toshkent mezbonlik qilgan ushbu nufuzli musobaqa yosh sportchilar uchun katta tajriba maktabi bo‘lib xizmat qildi. Jamoaviy bahslarda ishtirok etgan barcha terma jamoalarga muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Ibrohim Jalolov
Redaktor