locale OZ

Qilichbozlik. Shpagachilarimiz Bishkekda muvaffaqiyatga erishdi

16–20 aprel kunlari Qirg‘izistonning Bishkek shahrida U-17 va U-20 yosh toifalarida qilichbozlikning shpaga yo‘nalishi bo‘yicha nufuzli xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qilichbozlik. Shpagachilarimiz Bishkekda muvaffaqiyatga erishdi
photo: qilichbozlik Uzbekistan

16–20 aprel kunlari Qirg‘izistonning Bishkek shahrida U-17 va U-20 yosh toifalarida qilichbozlikning shpaga yo‘nalishi bo‘yicha nufuzli xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham munosib ishtirok etib, yuksak natijalar bilan yurtimiz sharafini himoya qildi.

U-17 yosh toifasida Q. Kamalov barcha raqiblarini ortda qoldirib, faxrli 1-o‘rinni egalladi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
U-20 yosh toifasida esa J. Apseterov ham tengsiz ekanini isbotlab, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Shu bilan birga, Q. Kamalov U-20 yosh toifasida yuqori natija qayd etib, 3-o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi.

Bu natijalar yosh sportchilarimizning mehnati, matonati va yuksak mahoratidan dalolat beradi. Ularning g‘alabalari nafaqat sport maydonida, balki butun mamlakatimiz uchun faxr manbai bo‘lib xizmat qiladi.

G’olib va sovrindor sportchilarimizni tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting