locale OZ

Qilichbozlik. Shpagachi chempionlar aniqlandi!

Chempionatning ilk kunlarida shpaga yo‘nalishida shaxsiy va jamoaviy bellashuvlar yakuniga yetdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qilichbozlik. Shpagachi chempionlar aniqlandi!
photo: qilichbozlik Uzbekistan

Avval xabar qilinganidek, Toshkent shahrida 2006-yilda tug‘ilgan va undan kichik sportchilar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi U-20 chempionati qizg‘in bahslarga boy tarzda davom etmoqda. Chempionatning ilk kunlarida shpaga yo‘nalishida shaxsiy va jamoaviy bellashuvlar yakuniga yetdi.

Shpagachi yigitlar o‘rtasidagi shaxsiy bahslar yakunda quyidagi sportchilar g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi:
1 Ibodullayev Asilbek – Buxoro OPSTTM
2 Turishev Iskandar – Respublika OPSTTM
3 Savronov Ozodbek – Guliston OPSTTM
3 Nazirkulov Nuriddin – Guliston

Jamoaviy bahslar:
Qizlar:
1 Andijon 1
2 Toshkent 1
3 Qoraqalpog‘iston 1 va Buxoro

Yigitlar:
1 Toshkent 1
2 Qoraqalpog‘iston 1
3 Andijon 1 va Guliston 1

Barcha g’olib va sovrindorlarni tabriklaymiz va yosh qilichbozlarimizga kelgusi bahslarda ham omad tilaymiz!
Ularning bugungi g‘alabalari ertangi xalqaro maydonlardagi ulkan yutuqlarning boshlanishi bo‘lishiga ishonamiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting