locale OZ

Qilichbozlik. O‘zbekiston qilichbozlari Osiyo chempioni va sovrindorlari bo'lishdi

Ilyas Molina — yakka bahsda bronza medalini qo’lga kiritdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qilichbozlik. O‘zbekiston qilichbozlari Osiyo chempioni va sovrindorlari bo'lishdi
photo: qilichbozlik Uzbekistan

2025-yil 22–26 oktabr kunlari Malayziya davlatining Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan U-23 Osiyo chempionatida yosh qilichbozlarimiz yuksak natijalarga erishishdi.

Quvonarlisi, Rapira yo‘nalishida ham yigitlarimiz munosib ishtirok etishdi:
• Ilyas Molina — yakka bahsda bronza medalini qo’lga kiritdi.

Rapirachilarning kuchli terma jamoalari orasida O‘zbekiston terma jamoasi (Molina Ilyas, Semeneev Radmir, Alimov Fozil, Usmonov Ulug‘bek) — jamoaviy bahsda kumush medalga sazovor bo’ldi.

Yakuniy natijalar:
• Shpaga, jamoaviy bahs — 1-o‘rin, oltin medal
• Rapira, yakkalik bahs —
3-o‘rin, bronza medal
• Rapira, jamoaviy bahs — 2-o‘rin, kumush medal

Bu g‘alaba — nafaqat sportchilarimizning, balki butun O‘zbekiston sportining faxridir!
Yosh qilichbozlarimizni samimiy tabriklaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting