Qilichbozlik. Farg’onada U-23 O‘zbekiston kubogi – 2025 start oldi
Bellashuvlarda Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlardan kelgan jamoalar ishtirok etmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: qilichbozlik
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi va Qilichbozlik federatsiyasining 2025-yilgi kalendar rejasi doirasida 24–30-sentabr kunlari Farg‘ona shahrida qilichbozlik bo‘yicha U-23 yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun – 25-sentabr kuni musobaqa dasturiga muvofiq rapira quroli bo‘yicha shaxsiy bahslar o‘tkazilmoqda.
Musobaqaning asosiy maqsadlari:
• Qilichbozlik sportini ommalashtirish va yoshlar orasida targ‘ib qilish;
• Respublika terma jamoalari uchun iste’dodli sportchilarni tayyorlash
• Qilichbozlarning mahoratini oshirish;
• Do‘stona va sport aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Bellashuvlarda Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda barcha viloyatlardan kelgan jamoalar ishtirok etmoqda.
Ibrohim Jalolov
Redaktor