Qilichbozlarimiz Qozog'istondagi turnirda oltin va kumush medallarni qo'lga kiritishdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PHOTO: Telegram
Chimkent shahrida qilichbozlik bo‘yicha 2009–2011-yillarda tug‘ilgan yosh toifadagi sportchilar o‘rtasida ochiq respublika turniri bo‘lib o‘tdi.
Turnirda Qozog‘istonning turli hududlaridan va qo‘shni davlatlardan iqtidorli qilichbozlar ishtirok etdi. O'zbekiston jamoasi yorqin va munosib o'yin ko'rsatdi!
Vadim Bagautdinov oltin medalni qo'lga kiritdi, butun turnirni ishonchli tarzda bosib o'tdi va finalda g'alaba qozondi!
Saidbilo lAlimov ham yuqori tayyorgarlik va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqni namoyon etib, kumush medalni qo‘lga kiritdi. Uning so'nggi jangi shiddatli va chinakam ajoyib bo'ldi!
Eng so'nggi xabar va yangiliklarni sports24.uz orqali kuzatib boring.
Ibrohim Jalolov
Redaktor