Qashqadaryoda voleybol sportini rivojlantirish bo‘yicha muhim qadam
Seminar yakunida 2025-yil davomida voleybol sportini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan 13 nafar faol trener rag‘batlantirilib, ularga voleybol to‘plari topshirildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Voleybol Uzbekistan
2026-yil 6–7-yanvar kunlari Qashqadaryo viloyatida voleybol bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi. Seminar Qashqadaryo Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminarda O‘zbekiston voleybol federatsiyasi xodimi Baxt Arg‘inbayev hamda xalqaro trener Branislav Moro ishtirok etib, hududda faoliyat olib borayotgan trenerlar uchun sportchilarni to‘g‘ri seleksiya qilish, ularning psixologik holatini o‘rganish, qobiliyatlarni aniqlash, mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib bordi.
Seminar yakunida 2025-yil davomida voleybol sportini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan 13 nafar faol trener rag‘batlantirilib, ularga voleybol to‘plari topshirildi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor