Qarshi mezbonligida XIX M. Omariyev xalqaro xotira turniri bo’lib o’tdi
Bu haqda Qashqadaryo sport boshqarmasi xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Qarshi shahridagi “GEOLOG” sport majmuasi navbatdagi yirik sport bayramiga mezbonlik qilmoqda. Bu yerda dzyudo bo‘yicha 2010–2012 hamda 2013–2014-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida sport ustasi Minkail Omariyev xotirasiga bag‘ishlangan XIX xalqaro turnir yuqori saviyada tashkil etildi.
Turnirning tantanali ochilish marosimi ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Tadbirda viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i Vahob Ro‘ziyev, sport faxriylari, murabbiylar va yosh sportchilar ishtirok etib, ushbu nufuzli musobaqa yoshlar sportini rivojlantirish, iqtidorli dzyudochilarni kashf etishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlashdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist