locale OZ

Prezident Shavkat Mirziyoyev Javohir Sindorovni mukofotladi

Uning murabbiylari esa pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Prezident Shavkat Mirziyoyev Javohir Sindorovni mukofotladi
Фото: Chess Uzbekistan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan, shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi Sindorov Javohir Sanjarbekovichga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni berildi.

Shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi sohibi bo‘lgan Javohir prezident sovg‘asi – 3 xonali xonadon, uning murabbiylari esa pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Farmonda qayd etilishicha, faxriy unvon Sindorovga O‘zbekistonda shaxmat sport turini yanada rivojlantirishga, xalqimiz o‘rtasida ushbu sport turini ommalashtirishga qo‘shayotgan ulkan hissasi; el-yurtimiz oldidagi farzandlik burchiga sodiq qolib, azmu shijoati, yuksak iroda va mahoratini, vatanparvarlik fazilatlarini yaqqol namoyon etgani; jahon miqyosida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, yuqori natijaga erishgani; Yangi O‘zbekistonning obro‘-e’tiborini dunyoga tarannum qilish, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ulari ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun berilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting