«Prezident olimpiadasi» ishtirokchilarining ovqatlanishi uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
Musobaqa ishtirokchilari hamda mehmonlari uchun yaratilgan infratuzilma bilan batafsil tanishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Xabaringiz bor, poytaxtimizda bunyod etilgan Olimpiya shaharchasida sanoqli kunlardan so‘ng start beriluvchi "Prezident Olimpiadasi"ga qizg‘in tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.
Bugun Sport vazirligi va Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurib, musobaqa ishtirokchilari hamda mehmonlari uchun yaratilgan infratuzilma bilan batafsil tanishdi.
Jumladan, rasmiylar shaharcha restoranida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ovqatlar ratsioniga e’tibor qaratish, shuningdek, ushbu jarayonga dietologlarni ham jalb qilish va ularning ko‘rsatmalariga amal qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berishdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist