Prezident Olimpiadasi: Bugun bellashuvlar boshlanadi
Kun davomida toʻrtta sport turi boʻyicha musobaqalar oʻtkaziladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FOTO: Getty Images
Bugun «Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari» musobaqalarining final bosqichi — Prezident Olimpiadasiga start beriladi.
Musobaqaning ilk kunida badiiy gimnastika, oʻgʻir atletika, boks va erkin kurash bahslari oʻtkaziladi.
Shuningdek, suv sporti turlari boʻyicha koʻrgazmali dastur bellashuvlari ham tashkil etiladi.