Prague European Open. Bugun 7 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz
Chexiya poytaxti Praga shahri dzyudo bo‘yicha Yevropa Ochiq Kubogiga mezbonlik qilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: judouz
Chexiya poytaxti Praga shahri dzyudo bo‘yicha Yevropa Ochiq Kubogiga mezbonlik qilmoqda.
Bugun dunyoning 35 davlatidan kelgan dzyudochilar qatnashayotgan musobaqaning ikkinchi kuni terma jamoamizning 7 nafar vakili medallar uchun tatamiga chiqadi.
Ular orasida Olimpiya o‘yinlari sovrindorlari Davlat Bobonov va Muzaffarbek To‘raboyev ham bor. Bobonov 13 oylik tanaffusdan so‘ng ilk bor musobaqada ishtirok etayotganini ta’kidlash joiz.