Popda «DXX kubogi» g‘olib va sovrindorlari munosib taqdirlandi
G'olib va sovrindorlarga medal, kubok hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Наманган вилояти спорт бошқармаси
Pop tumanida yoshlar o‘rtasida yuqori saviya va ko‘tarinki ruhda tashkil etilgan “DXX kubogi” musobaqasining taqdirlash marosimi tantanali tarzda bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi Gʻulomjon Murodxo‘jayev boshchiligidagi sektor rahbarlari, Davlat xavfsizlik xizmati tuman bo‘limi rahbari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Musobaqa davomida faollik, jamoaviylik va yuqori sport mahoratini namoyon etgan yoshlar munosib e’tirof etilib, g‘olib va sovrindorlarga medal, kubok hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist