locale OZ

Petrov: «Bugun legionerlarimizning intizomi bizga pand berdi»

Olmaliq klubi ustozi o‘z fikrlarini bildirdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Petrov: “Bugun legionerlarimizning intizomi bizga pand berdi”
Ўзбекистон футзали

Futzal bo‘yicha Oliy liga 4-turidan o‘rin olgan OKMK – “Lokomotiv” uchrashuvidan so‘ng olmaliqliklar bosh murabbiyi Aleksandr Petrov o‘yin haqidagi o‘z fikrlarini bildirdi.

“Lokomotiv” bilan o‘yin qiyin kechishini kutgandik. Yigitlar o‘zlariga kelib olguniga qadar raqib hisobni ochishga ham ulgurdi. Shundan keyingina o‘yinimiz biroz qovushdi. Bugun legionerimizning intizomi bizga pand berdi. Yo‘q joydan qizil kartochka oldi. Raqib esa bizni jazoladi. Bugun yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni tahlil etamiz. Bu o‘yin bizga saboq bo‘lishi kerak. Durang adolatli natija bo‘ldi deb o‘ylayman”, - deydi Petrov.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting