locale OZ

Petr Yan operatsiya qilindi

Rossiyalik jangchi bir necha oy oktagonga qayta olmaydi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Petr Yan operatsiya qilindi
FOTO: Getty Images

UFCning engil vazn toifasidagi amaldagi chempioni, 32 yoshli Petr Yan Las-Vegasda o‘tgan UFC 323 turniri doirasida Merab Dvalishviliga qarshi kechgan revansh jangidan so‘ng jarrohlik amaliyotini o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur qarama-qarshilik rossiyalik sportchining hakamlar qarori bilan g‘alabasi bilan yakunlangan edi.

O‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Petr Yan sog‘lig‘idagi o‘zgarishlar haqida quyidagicha xabar qoldirdi:

«To‘qqiz soat davomida narkoz ostida bo‘ldim. Kecha bel qismimda jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Bir necha oydan so‘ng yana safga qaytaman».

Ma’lumot o‘rnida, Petr Yan va Merab Dvalishvili o‘rtasidagi ilk to‘qnashuv 2023 yilning 11 martida bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda besh raund davom etgan jangda gruziyalik sportchi g‘alaba qozonib, Yanga ketma-ket uchinchi mag‘lubiyatini taqdim etgan. Revanshda esa Yan o‘z o‘rnini munosib himoya qilib, chempionlik kamarini o‘zida saqlab qoldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting