Pauerlifting. O‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatini muvaffaqiyatli boshladik
Xabar berganimizdek, kecha Misrning Qohira shahrida para pauerlifting bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Jahon chempionati start oldi.
Musobaqaning ilk kunida O‘zbekiston terma jamoasining 9 nafar sportchisi bahslarga kirishdi. Yakunda vakillarimiz tomonidan 10 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza medallari qo‘lga kiritildi.
65 kg: Akbarali Rahmonov (2 ta oltin)
50 kg: Ziyoda Boqijonova (2 ta oltin)
55 kg: Zuhra Yo‘ldosheva (2 ta oltin)
55 kg: Oyshajon Karimberganova (2 ta oltin)
65 kg: Xojiakbar Hamidov (1 ta oltin va 1 ta bronza)
49 kg: Abdulloh Abdulazizov (1 ta oltin)
41 kg: Sultonposhsha Berdiyeva (2 ta kumush)
45 kg: Gulsanam Sobirova (2 ta kumush)
59 kg: Suxrob Farhodov (1 ta kumush va 1 ta bronza).
Ayni damda musobaqaning ikkinchi kungi bellashuvlari o'tkazilmoqda. Dasturga ko'ra, bugun 16 nafar o'zbekistonlik atlet supachaga ko'tariladi.