Paralimpiya sport turlariga mo‘ljallangan milliy terma jamoalar markazi qurilish ishlari yakuniy bosqichda
Olimpiya shaharchasi hududida bunyod etilayotgan Davlat sport tibbiyoti va ilmiy amaliy markazi hamda Paralimpiya sport turlariga mo‘ljallangan milliy terma jamoalar markazi qurilish ishlari yakuniy bosqichda
Bugun Sport vaziri Adkham Ikramov Olimpiya shaharchasida barpo etilayotgan Davlat sport tibbiyoti va ilmiy amaliy markazi hamda Paralimpiya sport turlariga mo‘ljallangan milliy terma jamoalar markazini ko‘zdan kechirdi.
Sport vaziri tomonidan mazkur inshootlarning sportchilar va paraatletlar uchun qulay tarzda bunyod etilishi hamda uning xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlash, qurilish jarayonlarini yakunlash hamda foydalanishga topshirish ishlarini tezlashtirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Mazkur majmualar kelgusida sportchilarini yuqori darajada tayyorlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.