Para yengil atletika. Yorqinbek Odilov ikki karra Jahon chempionati sovrindoriga aylandi!
Hamyurtimiz o‘z urinishlari doirasida 52.06 m natija bilan shaxsiy rekordini yangilab, vitse-chempionga aylandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Para olimpiya
25 yoshli o‘zbekistonlik para yengil atletikachi Yorqinbek Odilov Hindistonning Nyu-Deli shahrida davom etayotgan Jahon chempionatining F57 toifasidagi nayza uloqtirish bellashuvlarida kumush medalga ega chiqdi.
Hamyurtimiz o‘z urinishlari doirasida 52.06 m natija bilan shaxsiy rekordini yangilab, vitse-chempionga aylandi.
Jahon chempionati
Erkaklar o'rtasida nayza uloqtirish dasturi (F57)
1 Muhammet Xalvandi (Turkiya) - 53.30
2 Yorqinbek Odilov (O'zbekiston) - 52.06
3 Amanollah Papi (Eron) - 51.55
Endi Yorqinbek hisobida Jahon chempionatlarining 2 ta medali mavjud. U 2023-yilda Parij mezbonligidagi dunyo birinchiligida ham kumush medalni qo'lga kiritgandi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor