Para velosport bo‘yicha O‘zbekiston chempionati nihoyasiga yetdi
Musobaqada Respublikaning turli hududlaridan jami 180 nafar atlet ishtirok etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Para olimpiya
Samarqand shahrida o‘tkazilgan para velosport bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati yakunlandi. Musobaqada Respublikaning turli hududlaridan jami 180 nafar atlet ishtirok etdi.
Uch kun davom etgan musobaqa yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahri sportchilari umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi. Toshkent viloyati para velosportchilari medallar jamg‘arish reytingida ikkinchi o‘rinni egallashgan bo‘lsa, uchinchi pog‘ona mezbon Samarqand viloyati sportchilariga nasib etdi.
Eng so'nggi xabar va yangiliklarni sports24.uz sayti orqali kuzatib boring.
Ibrohim Jalolov
Redaktor