Para veloshosse: Jahon kubogida 5 ta medal qo‘lga kiritildi
Tailandning Chiangmay shahrida para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi o‘z nihoyasiga yetdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: Para Olimpiyada
Tailandning Chiangmay shahrida para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi o‘z nihoyasiga yetdi.
Besh kun davom etgan murosasiz bellashuvlarda dunyoning 36 ta mamlakatidan 200 nafarga yaqin sportchilar, jumladan, terma jamoamiz a’zolari ham ishtirok etishdi. Yakunda vakillarimiz tomonidan 3 ta oltin, 2 ta bronza, jami 5 ta medal qo‘lga kiritildi.
G‘olib va sovrindorlarimiz:
Oltin:
Pokiza Axmadbekova (vaqt poygasi hamda guruh poygasi dasturlarida)
Marjona Pardaboyeva (vaqt poygasi).
Bronza:
Bunyod Haytmuhammedov (vaqt poygasi)
Marjona Pardaboyeva (guruh poygasi).
Ibrohim Jalolov
Redaktor