Para triatlonchilarimiz Chibadagi Jahon kubogida ishtirok etadi
10-11-oktabr kuni Yaponiyaning Chiba shahrida para triatlon bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: paralympic
Para triatlonchilarimiz Chibadagi Jahon kubogida ishtirok etadi
10-11-oktabr kuni Yaponiyaning Chiba shahrida para triatlon bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekistondan 5 nafar sportchi yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Delegatsiyamiz 8-oktabr kuni Yaponiyaga jo‘nab ketadi. Musobaqa oldidan sportchilarimiz mashg‘ulotlar hamda bellashuvlar o‘tkaziladigan trassa bilan tanishish jarayonida qatnashadi.
Inage Seaside Park hududida tashkil etiladigan musobaqada ishtirokchilar 750 metr suzish, 20 kilometr velopoyga va 5 kilometr yugurish bosqichlarini bosib o‘tadi.